WorkPoint
AI yordamchi

Ro‘yxat emas — qaror

Boshqa tizimlar ma’lumot ko‘rsatadi. WorkPoint AI qaror beradi.

Qaysi xodim yaxshi ishlaydi, qaysi biri yomon — va eng muhimi, nega. WorkPoint AI intizom bilan savdoni birga solishtiradi: kelish vaqti, kechikish, filialdagi vaqt bir tarafda; savdo, reja, mijoz bir tarafda. Ikkalasi bir odamda uchrashganda javob chiqadi.

5 filial va 50 xodim bo‘lsa, buni hech bir direktor qo‘lda qila olmaydi — 50 ta odamni ikki o‘lchov bo‘yicha har hafta taqqoslash kerak bo‘ladi. AI buni har kuni qiladi va kimni ko‘tarish, kimni qayerga ko‘chirish, kim bilan gaplashish kerakligini o‘zbekcha aytadi.

AI xulosasi

Maftuna Rahimova

Intizom 96% · Savdo rejadan 31% past

Sardoba filialiga o'tkazish tavsiya etiladi — u yerda oqim yuqori, savdo ko'nikmasi kamroq talab qilinadi.

Ro‘yxat emas — qaror
Ro‘yxat emas — qaror — mobil ilovada
Asosiy imkoniyatlar

Intizom + savdo birga

Ikki o‘lchov bitta reytingda — kim haqiqatan foydali ekani ko‘rinadi.

Sababi bilan qaror

“Savdosi past” emas — “savdosi past, chunki eng sust smenada ishlaydi”.

Tabiiy o‘zbek tili

Savolni o‘zbekcha bering, javobni o‘zbekcha oling. Hisobot kutish shart emas.

Anomaliya aniqlash

Noto‘g‘ri maosh, qoldirilgan smena, keskin tushgan savdo — o‘zi sezadi.

Birinchi qadam — 15 daqiqalik suhbat

Ishga tushirish 24 soat. Xodimlaringizni qayta o‘qitish shart emas — telefon yetadi.